Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Namanganda maktab direktori 64 yoshli o‘qituvchining boshiga "kalla qo‘ydi"

Namanganda maktab direktori 64 yoshli o‘qituvchining boshiga "kalla qo‘ydi"

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda maktab direktori va o‘qituvchisi o‘rtasidagi janjal haqida xabar tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Holat yuzasidan Kosonsoy tuman IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilgan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu holat joriy yilning 28 fevral kuni soat 09:30da Kosonsoy tuman XTBga qarashli 2-sonli umumiy o‘rtata’lim maktabida sodir bo‘lgan.

Aniqlanishicha, 1980 yilda tug‘ilgan maktab direktori va 1959 yilda tug‘ilgan o‘qituvchi o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan. Natijada direktor o‘qituvchining yuz qismiga boshi bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Maktab direktorining so‘zlariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan kun 2-soat darsda davomat tadbirini o‘tkazish uchun o‘qituvchi dars o‘tayotgan xonaga kirgan. Dars bo‘lmayotgan jarayonni ko‘rib, buning sababini o‘qituvchidan so‘ragan.

"Tashqariga yur, bu yerda gaplashamiz deb, tortib olib chiqdi. Keyin shu vaqt yoqalashib, tortishib ketdik. Men u kishini qasddan urganim yo‘q, to‘satdan bo‘ldi. O‘sha kunni o‘zida kechqurun meni o‘g‘illari chaqirib, 40 ga yaqin sheriklarini olib keldi. Mushtlashuv bo‘ldi, jarohat yetkazishdi", - deydi direktor.

64 yoshli o‘qituvchi esa mazkur holatni quyidagicha izohladi:

"Dars o‘tayotganimda direktorimiz eshikni taqillatmasdan, xonaga kirib keldi. Direktor bor ovozi bilan bolalarga ham, menga ham baqirdi. Keyin men tashqariga chiqib, menga baqirgin. Bolalarni oldida meni ham, o‘zingni ham hurmatingni ketkazmasdan dedim. So‘ngra yoqamdan ushlab, kallasi bilan urganini bilaman. Burnim qonab, sinib ketdi".

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan jabrlanuvchining arizasiga asosan, tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Kiritildi: 17:51 28.03.2023. O'qildi: 1475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!