Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Namanganda kechasi hech kim yo‘q uyga bosqin uyushtirishdi

A A A
Namanganda kechasi hech kim yo‘q uyga bosqin uyushtirishdi

2021 yil 13 iyun kuni, Namangan tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 22:00 larda, yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma’lum shaxs, hovlisiga ochiq qolgan darvoza eshigi orqali kirib, mehmonxonasida bo‘lgan narxi 2.000.000 so‘mlik tilla uzuk, narxi 450.000 so‘mlik elektropechi, narxi 150.000 so‘mlik ventilyator va narxi 100.000 so‘mlik bodom mahsulotlarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan tuman IIB TEQKB tezkor vakili va HPB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 14 iyun kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 09:36 20.06.2021. O'qildi: 2258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!