Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Namanganda elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan shaxs qo‘lga tushdi

A A A
Namanganda elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan shaxs qo‘lga tushdi

"O‘zenergoinspeksiya" Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Davlatobod tumanida fuqaro B. A. elektr ta’minot korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 180 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:00 21.08.2025. O'qildi: 1047 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!