Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Namanganda bolalar o‘g‘risi paydo bo‘ldimi?

A A A
Namanganda bolalar o‘g‘risi paydo bo‘ldimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda bolalar o‘g‘risi paydo bo‘lgani aytilgan xabarlar tarqaldi. E’lon qilingan videoda bir erkak va ayol o‘zlarini shubhali tarzda tutib, maydonchada o‘ynayotgan bolalarni kuzatganini ko‘rish mumkin.

Namangan viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, video muallifi bolalar o‘ynayotgan maydoncha yonida noma’lum kishilar turganini aytgan. Ular bilan muloqotga kirishgach, ushbu shaxslar o‘zlaridan qarz olgan bir fuqaroni qidirayotgani ma’lum bo‘lgan. Ular pullarni undirish maqsadida Andijondan kelgan.

Video muallifi har ehtimolga qarshi holatni mobil telefoniga tasvirga olgan. Chetdan qaraganda videoda rostdan ham noma’lum shaxslar bolalarni kuzatib turgandek tasavvur uyg‘otadi. Biroq huquq-tartibot idoralari xodimlari bunday emasligini aytib, tasdiqlanmagan faktlarga ishonmaslikni va boshqa odamlarning qadr-qimmatini kamsitmaslikni so‘ragan.

Kiritildi: 15:58 01.05.2023. O'qildi: 2904 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!