Joriy yil 22 fevral kuni Namangan viloyati xududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, viloyat IIB PPXvaJTSB PPXB 3-otryad xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, Andijon viloyatida yashovchi, 2017 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro shu yil 22 fevral kuni Namangan shahriga o‘g‘irlik qilish maqsadida kelib, soat 09:00 larda Namangan shahar Lola-Chorsu yo‘nalishida qatnaydigan avtobusga chiqib, ushbu avtobusda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Namangan tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan ayolni egnidagi kurtkasini cho‘ntagidan narxi 1.000.000 so‘mlik “Redmi 5” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘rilab olganligi, bundan tashqari, jinoyatini davom ettirib, Namangan shahar Boburshoh ko‘chasida 21-yo‘nalishida qatnaydigan avtobusda ketayotgan, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan ayolning ham cho‘ntagidan narxi 800.000 so‘mlik “LG” rusumli uyali telefon apparatini kissavurlik yo‘li bilan o‘g‘rilayotgan vaqtida ushlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqroni O‘z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.