Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Namanganda 243 gektar yer o‘zlashtirib olinganligi aniqlandi

Namanganda 243 gektar yer o‘zlashtirib olinganligi aniqlandi

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi tizimida 2022 yilning 1 avgustiga qadar amalga oshirilgan nazorat tadbirlari natijasida jami 889 ta holatda 242,58 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarining 217,7 gektari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga, 4 gektari aholi punkti yerlariga, 1,41 gektari sanoat, transport, aloqa xo‘jaligi yerlariga, 0,02 gektari tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarga, 1,61 gektari o‘rmon xo‘jaligi yerlariga, 1,12 gektari suv fondi yerlariga, 16,7 gektari esa zaxira yerlarga to‘g‘ri kelgan.

Hududiy kadastr inspektorlari tomonidan qonun buzilish holatlari yuzasidan tegishli tartibda tushuntirishlar olib borildi. O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar bo‘yicha belgilangan tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi. Buning natijasida huquqbuzarlarga berilgan 788 ta yozma ko‘rsatma asosida 697 ta holatda 189 gektar yoki 78 foiz yer qonun buzilish holatlari ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

Ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmagan 95 ta holatda esa 41,57 gektar o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini qaytarish va ularda qurilgan imoratlarni buzdirish bo‘yicha sudlarga da’vo arizalar kiritildi. Shundan, 59 ta da’vo ariza sudlar tomonidan qanoatlantirilib, majburiy ijroga qaratildi. Huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari mavjud bo‘lgan 9 ta holatda materiallar prokuratura organlariga yuborildi.

Kiritildi: 13:05 10.08.2022. O'qildi: 2631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!