Namangan viloyatida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, qo‘pol qoidabuzarliklarga qarshi kurashish maqsadida maxsus nazorat tadbirlari olib borildi.
24 soat ichida 2 mingdan ortiq qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlanib, 756 ta transport vositasi jarima maydoniga qo‘yildi.
394 ta holatda tegishli hujjatsiz avtomashina boshqarish, 45 ta voyaga yetmaganlarga transport vositasini noqonuniy ijaraga berish holatlari aniqlandi.