Qarzni undirishda garov mulki ham e’tibordan chetda qolmaydi. Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida amaliy chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Xususan, Byuroning boshqarma AMIB ish yurituvidagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor MCHJdan undiruvchi «Kapitalbank» ATB foydasiga 1,5 milliard so‘m miqdoridagi qarzdorlikni undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdorlikning ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan to‘yxona binosi belgilangan tartibda xatlandi.
Endilikda qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu mulk bo‘yicha tegishli ijro harakatlari davom ettiriladi.
Maqsad — sud hujjatlari va boshqa vakolatli organlar hujjatlarining o‘z vaqtida va amalda ijro etilishini ta’minlash!