Bugun 24 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Namanganda 1,4 mlrd so‘mlik qalbaki va sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlandi

Namanganda 1,4 mlrd so‘mlik qalbaki va sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlandi

Namangan viloyatida 1,4 mlrd so‘mlik sifati kafolatlanmagan va qalbaki dori vositalari hamda tibbiy buyumlar sotuvga chiqarilishining oldi olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “M.A.” MCHJ ombori mudiri A.I. Namangan shahridagi “Ilg‘or” MFY hududida joylashgan noturar binoda turli nomdagi qalbaki va muddati o‘tgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlandi.

Tekshiruv davomida umumiy qiymati 1,4 mlrd so‘m bo‘lgan 1 337 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbaki dori vositalarini tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:25. O'qildi: 175 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!