Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Namangan viloyatidagi qishloqlarni suv bosdi

A A A
Namangan viloyatidagi qishloqlarni suv bosdi

18 may kuni soat 17.30lar atrofida Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi «Rovot», «Guzar», «Bog‘», «Soybuyi», «Xonqo‘rgan», «Yangishahar», «Yangiyul», «Qozoqovul» va «Buloqboshi» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 543 hovlini suv bosdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Kuchli jaladan ko‘p miqdorda suv yig‘ilishi oqibatida irrigasiya tizimlari chorasiz qolgan va natijada pastliklarda joylashgan aholi maskanlarida suv to‘plpngan. Ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlar zarar ko‘rmagan. Suv bosgan hududlardagi odamlarni evakuasiya qilishga hojat bo‘lmagan.

Kosonsoy tumani hokimligida hokim boshqaruvida tezkor shtab tuzilib, hodisa oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan jami 42 dona texnika va 240 nafar kishi jalb etilgan.

Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, kecha Surxondaryo viloyatining Elobod, Azlarsoy va Bog‘or mahallalari hududi kuchli yomg‘ir oqibatida sel ostida qolgani xabar qilingandi.

Kiritildi: 03:33 21.05.2018. O'qildi: 1638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik