Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Namangan viloyatida qalbaki AQSh dollarlarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Namangan viloyatida qalbaki AQSh dollarlarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kosonsoy tumani bo‘limi, DXX va Bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.T. fuqaro A.X.ga qalbaki 20 000 AQSh dollarini haqiqiy 14 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 100 AQSh dollarlik kupyuradagi qalbaki 8 000 AQSh dollarini bergan vaqtida ushlanib, davom etgan tadbirda boshqa bir fuqaro N.T.dan qalbaki 6 000 AQSh dollari ashyoviy dilil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:05 24.06.2025. O'qildi: 451 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!