Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Namangan viloyatida jarimani yo‘q qilib berishni va’da qilgan yuriskonsult ushlandi

Namangan viloyatida jarimani yo‘q qilib berishni va’da qilgan yuriskonsult ushlandi

Namangan viloyatida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanganlik holati bo‘yicha hisoblangan jarimani yo‘q qilib berishni va’da qilgan yuriskonsult ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kosonsoy tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Kosonsoy tuman “Energosavdo” bo‘limi yuriskonsulti M.M. “Soycha” MFYda yashovchi fuqaroning xonadonida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanganlik holati bo‘yicha tuzilgan dalolatnomaga asosan hisoblangan 28,6 mln so‘m jarimani yo‘q qilib berishi evaziga o‘z xizmat xonasida 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 18:53 15.12.2025. O'qildi: 1124 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!