Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Namangan viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “Mayning ferma” fosh etildi

Namangan viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “Mayning ferma” fosh etildi

O‘zenergoinspeksiya Namangan viloyat hududiy boshqarmasi, DXX va IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chust tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro X. N. ga qarashli xonadonda 2 dona mayning qurilmasini transformatorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 653 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:55 25.07.2025. O'qildi: 696 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!