Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Nahotki! Umrni uzaytirish yo‘li topildi

Nahotki! Umrni uzaytirish yo‘li topildi

Isroillik olimlar odamlarda keksayish jarayonini kislorodli terapiya bilan sekinlashtirish mumkinligini aniqlashdi.

Bu haqda "Kommersant"ga tayanib “Dori-Darmon AK” xabar berdi.

Tadqiqotchilar 64 yoshdan oshganlarni haftasiga besh kun davomida 90 daqiqa davomida giperbarik bosim kameralariga joylashtirishgan.

Qayd etilishicha, ko‘ngillilarda vaqt o‘tishi bilan telomeralarning uzunligi (hujayraning bo‘linishi paytida genomni saqlashga mas’ul bo‘lgan xromosomalarning qismlari) ortgan. Ma’lumki, telomeralar yosh o‘tishi bilan kamayadi. Sof kislorod telomer uzunligini 20% ga oshirgan.

“Ishtirokchilarning telomeralari hozirda 25 yil oldingi kabi uzunlikka erishmoqda. Shuningdek, bemorlarda hujayralarni qayta tiklash jarayoni 37 foizga yaxshilandi, bu hayotni uchdan bir qismidan ko‘prog‘iga uzaytirishi mumkinligini anglatadi”, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 21:00 25.11.2020. O'qildi: 5083 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!