Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali tashkil etiladi

N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali tashkil etiladi

Toshkent shahrida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali tashkil etiladi. Filialda ta’lim faoliyati 2026/2027 o‘quv yilidan boshlanadi.

Bu bo‘yicha “Toshkent shahrida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–276-son, 08.09.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  • muhandislik sohasida innovasion yondashuvlarni qo‘llay oladigan, chuqur ilmiy-texnik bilimlarga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
  • muhandislik sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish.

Filialga talabalarni o‘qishga qabul qilish davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

2025/2026 o‘quv yilidan Moskva davlat texnika universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti hamkorligida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Kiritildi: Bugun 14:50. O'qildi: 260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!