Myunxenda namoyishchilar ustiga avtomashina haydalishi oqibatidi jarohatlanganlar soni 30 nafarga yetdi.
Bu haqda shahar polisiyasi xabar bermoqda.
“Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 30 kishi jabrlangan”, — deyiladi press-relizda.
Gumonlanuvchi 2020 yilda boshpana berish rad etilgan bo‘lsa ham, amaldagi yashash va ishlash ruxsatiga ega bo‘lgan.
13 fevral kuni ertalab Ver.di kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan ijtimoiy muassasalar ishchilarining ish tashlashi vaqtida Mini Cooper namoyishchilar kolonnasiga bostirib kirdi va uning haydovchisi qo‘lga olindi. U 24 yoshli Afg‘oniston fuqarosi bo‘lib, 2016 yil dekabridan beri Germaniyada yashab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Myunxen xavfsizlik konferensiyasi bugun Bavariya poytaxtida ochiladi va 16 fevralga qadar davom etadi.