"Aston Villa" Markus Reshford bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
Birmingem klubining xabar berishicha, forvard joriy mavsum oxirigacha "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan.
Insider Fabrisio Romanoning yozishicha, birmingemliklar 27 yoshli ingliz futbolchisining maoshining 75 foizini o‘z zimmasiga olgan va iyun oyida uni 40 million funtga sotib olish imkoniyati ham bor.