"Manchester Yunayted" jamoasining yetakchi futbolchilari darvozabon Andre Onananing Yevropa Ligasi 1/4 final bosqichida "Lion"ga qarshi o‘yinda (2:2) yo‘l qo‘ygan ikki xatosi ortidan uni asosiy tarkibda ko‘rishni istamayapti. Bu haqda "The Sun" nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu futbolchilar kamerunlik darvozabonning "Lion"ga qarshi uchrashuv arafasida aytgan so‘zlaridan ham norozi bo‘lishgan. U o‘sha paytda "Manchester Yunayted raqibidan kuchliroq" deb aytgan edi.
"MYu"ning ba’zi futbolchilari ikkinchi posbon Altay Bayindurga imkoniyat berish vaqti keldi, deya hisoblamoqda.
Avvalroq OAVda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim bugun, 13 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Angliya chempionatining 32-turida "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda Onanani asosiy tarkibda maydonga tushirmasligi mumkin.