Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Myanmada favqulodda holat bekor qilindi

Myanmada favqulodda holat bekor qilindi

Myanmaning hukmron harbiy kuchlari 31 iyul kuni mamlakatda to‘rt yarim yil davom etgan favqulodda holatni bekor qildi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar bermoqda.

2021 yil 1 fevraldagi davlat to‘ntarishi natijasida Aun San Su Chji boshchiligidagi saylangan hukumat ag‘darilgandan so‘ng, xunta harbiylar va muxolifat kuchlari o‘rtasidagi uzoq davom etgan mojaro tufayli favqulodda holat rejimini bir necha bor uzaytirgan edi.

Hozirda fuqarolar urushi davom etayotgan bir paytda, favqulodda holat rejimi yaqin oylarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan umumiy saylovlar uchun bekor qilingan.

“Mamlakat ko‘ppartiyali demokratik tizim sari harakat qilishi zarur”, dedi Myanma harbiy hokimiyati vakili general Zo Min Tun mamlakatda favqulodda holat bekor qilinganidan so‘ng.

Davlat to‘ntarishidan beri harbiy xunta tomonidan 7000 dan ortiq kishi o‘ldirilgan va 22 200 dan ziyod odam harbiy qamoqxonalarda saqlanmoqda.

Kiritildi: 21:55 31.07.2025. O'qildi: 492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!