Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Muzeyga olmoslar bilan bezatilgan tank sovg‘a qilindi

A A A
Muzeyga olmoslar bilan bezatilgan tank sovg‘a qilindi

Vitebsk shahri zargari Andreya Jiznevskiyning o‘ziga xos ijod mahsuli — olmoslar bilan bezatilgan kumush tank Ulug‘ vatan urushi muzeyida paydo bo‘ldi.

Haqiqiy tankning 72 marotaba kichraytirilgan ushbu jajji nusxasini yaratish uchun Andrey 785 kunini sarfladi. U mazkur san’at asarini yaratish chog‘ida 3D-modellashtirish va boshqa shu kabi kabi texnologiyalardan umuman foydalanmadi. Boshdan-oyoq qo‘l ishi sanalgan mazkur tank bunyod bo‘lishi uchun 208 gramm kumush va ikkita brilliantdan foydalanildi. Ko‘rinishidan haqiqiy tankka ikki tomchi suvdek o‘xshaydi.

— Men mazkur tank Yevropadagi Ulug‘ vatan urushiga taalluqli eng katta muzeyda bo‘lishi kerak, deb hisoblayman. Vitebsk viloyat muzeyiga esa boshqa bir miniatyura — “U-2” samolyotini ataganman. U ham kumush va brilliantlardan yasalgan bo‘ladi.

Manba: kp.by

Kiritildi: 07:43 11.05.2018. O'qildi: 1434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik