Mahalliy manbalar juma kuni Bashar al-Assad rejimiga qarshi qurolli guruhlar Aleppo markaziga bostirib kirishganini ma’lum qildi.
Uch kunlik janglardan so‘ng g‘arbdan olg‘a siljayotgan muxolifat kuchlari shaharning g‘arbiy chekkasidagi Hamdaniya, Yangi Halab va Zahra o‘qlaridagi hukumat mudofaa chizig‘ini yengib o‘tib, shaharga kirdi.
Manbalarga ko‘ra, Aleppo va Idlib viloyatlarida o‘tkazilgan hujum chog‘ida muxolifat 550 kvadrat kilometr maydonni egallab, 70 ta aholi punkti va strategik ob’ektlarni nazorat ostiga olgan.
Rejim kuchlari tomonidan Halab universitetidagi talabalar yotoqxonasining o‘qqa tutilishi natijasida 4 nafar talaba halok bo‘ldi, yana ikki nafari yaralandi. Hodisa shahar chekkasida davom etayotgan janglar vaqtida yuz bergan.
Rossiya aviasiyasi Aleppo viloyati shimolidagi Marea shahrida muxolifat pozisiyalariga zarbalar berdi, qurbonlar haqida xabar berilmadi.
Janglar paytida hukumat kuchlari katta yo‘qotishlarga uchradi: ko‘plab askarlar halok bo‘ldi, boshqalari muxolifat kuchlari tomonidan asirga olindi.