Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Mutasaddilarga respublika, viloyat, tumanga yo‘llanma beriladigan kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash topshirildi

Mutasaddilarga respublika, viloyat, tumanga yo‘llanma beriladigan kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash topshirildi

Hududlarda yuqori texnologik operasiyalarni o‘tkazish imkoniyati bo‘lsada, bemorlar hali ham Toshkentga kelayotgani qayd etildi. Misol uchun, o‘tgan yili yurak ishemik kasalligi bor bemorlarga ko‘rsatilgan koronarografiya va stentlash amaliyotining 80 foizi Toshkentda bajarilgan.

Jarrohlik amaliyoti talab qilmaydigan yurak ishemik kasalligi bor bemorlarni ham poytaxtga kelishi kamaymagan.

Eski “order” tizimidan voz kechilib, imtiyozli toifadagi shaxslarni “elektron yo‘llanma” orqali davolashga o‘tilganiga ikki yil bo‘ldi.

Lekin respublika markazlarining birortasi bemorlarning viloyat yoki tumanda qolib davolanishidan manfaatdor emasligi tanqid qilindi. Sabab – mablag‘ning asosiy qismi haligacha respublika markazlariga ajratilmoqda.

Shu munosabat bilan respublika markazlarida byudjet hisobidan faqat yuqori texnologiyali murakkab amaliyotlar o‘tkazilishi belgilandi. Tuman va viloyatda bemalol qilish mumkin bo‘lgan amaliyotlar uchun respublika markazlariga yo‘llanma berilmaydi.

Mutasaddilarga respublika, viloyat, tumanga yo‘llanma beriladigan kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash topshirildi.

Kiritildi: 15:36 07.05.2025. O'qildi: 820 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!