Bugun 16 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Mutasaddilarga kamida 100 million dollarlik rejani tasdiqlash topshirildi

Mutasaddilarga kamida 100 million dollarlik rejani tasdiqlash topshirildi

Prezident 2025 yildagi asosiy vazifalarga to‘xtaldi.

O‘tgan yil yakunida hokimlarning hududiy rejalari belgilab olindi. Har bir tuman kesimida bajarilishi lozim bo‘lgan indikatorlar to‘plami ishlab chiqildi.

Jumladan, bu yil 27 ta tuman hokimi investisiyani 200 million dollardan oshirish rejasini olgan. Masalan, so‘nggi besh yilda Uchko‘prikda xorijiy investisiya 10 karra oshib, 100 million dollarga yetdi. Tuman hokimi 2025 yilda buni 200 million dollarga yetkazishni hisob-kitob qilgan.

Lekin 10 ta tuman hokimining rejasi 40 million dollarga ham yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi. Bular Mirishkor, Ko‘kdala, Boyovut, Bandixon, Uzun, Sherobod, Bekobod, Toshkent, Rishton, Gurlan tumanlari.

Mutasaddilarga ushbu tumanlarga yangi loyihalar paketini shakllantirib, kamida 100 million dollarlik rejani tasdiqlash topshirildi.

Kiritildi: Bugun 15:44. O'qildi: 257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!