Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Musulmonlarning mashhur fizik olimlari

Musulmonlarning mashhur fizik olimlari

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Musulmonlarning eng ko‘zga ko‘ringan fizik olimlaridan biri 1029 yilda vafot topgan Hasan ibn Haysam yorug‘lik ilmini kashf qilgan olim hisoblanadi. U o‘zining ilmiy tajribalari orqali ko‘zning vazifasini, ko‘rish jarayoni qanday kechishini va shu masalaga tegishli boshqa ma’lumotlarni kashf qilgan.

Hasan ibn Haysamning «Al-Manozir» kitobini Fridrik Risner lotin tiliga tarjima qilib, 1572 yili Shvesariyaning Bazel shahrida nashr ettirdi. Ovruponing ko‘zga ko‘ringan olimlaridan Vaytelo, Leonardo da Vinchi, Rojer Pikon va Kellerlar Hasan ibn Haysamning ilmiy kashfiyotlaridan ta’sirlangan kishilar hisoblanadilar.

Musulmonlarning eng mashhur fizik olimlaridan yana biri Abu Rayhon Beruniy o‘zining aniq ilmiy qarashlari orqali turli narsalarning og‘irligini taqdirlash, yerning hajmini o‘lchash, shafaqning xususiyatlarini, quyosh tutilishi va boshqa tabiiy hodisalarni o‘rganishga muyassar bo‘ldi. Beruniyning ilmiy kashfiyotlari oldida g‘arbliklar ham hayron qolishdi. Hatto sharqshunoslardan Edvard Saxu Beruniy zakovati haqida hayratlanib: «U tarixdagi eng ulkan aql egasidir», deb yozadi. Beruniy narsalarning zichligini o‘rganish bo‘yicha yasagan uskuna bu sohadagi eng birinchi asbob hisoblanadi.

Mashhur olim va yozuvchi Abbos Mahmud Aqqodning ta’kidlashicha, Beruniy va Ibn Sinoning yerning jismlarni tortishi haqidagi va boshqa fikrlari Nyutonga tortish kuchi haqidagi qonunini kashf qilishda yordam bergan.

O‘n ikkinchi asrning birinchi yarmida yashab o‘tgan Hozin ham musulmonlarning mashhur fizik olimlaridan hisoblanadi. U tarozularni ilmiy ravishda o‘rgangan, jismlarni havoda, suvda tortishni joriy qilgan va vaznga oid ko‘pgina ilmiy tajribalar o‘tkazib, ajoyib natijalarga erishgan.

Hozin yorug‘likning xususiyatlarini ham o‘rgangan. U birinchi bo‘lib, jismlar suvga ko‘milganda singanga o‘xshab ko‘rinishini ilmiy ravishda tushuntirib bergan. Hozinning kitoblari lotin va italyan tillariga tarjima qilingan. Uning ilmiy fikr va tajribalaridan ovrupolik olimlar, xususan, Robert Grostest va Rojer Pekonlar keng foydalanganlar.
Manba: islom. uz

Kiritildi: 06:45 15.03.2020. O'qildi: 5587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!