Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Musulmon kishi farzandiga Azizbek deb ism qo‘yishi mumkinmi?

Musulmon kishi farzandiga Azizbek deb ism qo‘yishi mumkinmi?
Savol:

Assalomu alaykum! Musulmon kishi farzandiga Azizbek deb ism qo‘yishi mumkinmi?

Javob:

Abdulaziz deb ism qo‘yilgani yaxshi. Ammo Aziz desa ham joiz. Chunki bu ism Karim kabi mushtarak ismlardan hisoblanadi.

Masalan Alloh taolo Yusuf surasi, 88-oyatida: Uning huzuriga kirganlarida: Ey Aziz, bizni va ahlimizni zarar tutdi va arzimagan sarmoya keltirdik , deydi. O‘sha paytda Misr podshohini aziz , deyishgan.

Yoki Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: Karimning o‘g‘li Karim, uning o‘g‘li Karim, uning o‘g‘li Karim va uning o‘g‘li Karim Yusuf ibn Ya’qub ibn Ishoq ibn Ibrohim alayhumussalom , deydilar. Imom Buxoriy rivoyati.

Vallohu a’lam.

Mubashshir Ahmad

Kiritildi: 16:50 24.04.2019. O'qildi: 4643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!