O‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik Naoya Inouega qarshi mutlaq chempionlik jangidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu yerdaligimdan, Inoue bilan munosib jang ko‘rsatganimdan xursandman. Bundan ham yaxshirog‘ini ko‘rsata olishim mumkin edi, lekin unday bo‘lmadi. Ozgina vaqt yetmay qoldi. Lekin buni kimdir tushunadi, kimdir yo‘q. U eng kuchlilardan biri. Uni hurmat qilaman, yaxshi bokschi, tezkor. Lekin aytganimdek, yaxshiroq bo‘la olishim mumkin edi, vaqt yetmay qoldi. O‘zimning eng yaxshi xislatlarimni namoyish etmoqchi edim, o‘xshamadi. Yana 10 marta bo‘lsa, 10 marta jang qilishga tayyorman Inoue bilan", deya fikr bildirgan Ahmadaliyev.