Birinchi yarim yengil vazn toifasida WBA kamari uchun majburiy da’vogar, WBA va IBF yo‘nalishlarida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev AQShda mashg‘ulotlarga kirishdi.
Ma’lumot uchun, Ahmadaliyev ayni paytda yaponiyalik Naoya Inouega tegishli bo‘lib turgan WBA kamari uchun majburiy da’vogar hisoblanadi.
U o‘zining so‘nggi jangini 2023 yil 17 dekabr kuni meksikalik Kevin Gonsalesga qarshi o‘tkazib, raqibini 8-raundda texnik nokaut evaziga mag‘lub etgandi.