Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasiga armiya joylashtirmoqchi

A A A
Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasiga armiya joylashtirmoqchi

AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Ukraina mojarosini to‘xtatish bo‘yicha rejasining ayrim tafsilotlari ma’lum qilindi.

The Telegraph nashri xabar berishicha, Britaniya va Yevropa qo‘shinlarini Rossiya hamda Ukraina armiyalari o‘rtasidagi 1200 km dan ortiq hududga joylashtirish ko‘zda tutilgan.

Hisobotda aytilishicha, bu Tramp va uning maslahatchilari tomonidan ko‘rib chiqilayotgan bir nechta rejalardan biri.

Qo‘shma Shtatlarning o‘zi bu hududni patrul qilish va xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘shin ajratmaydi, shuningdek, ushbu missiyani moliyalashtirish niyatida ham emas.

Avvalroq, Trampning rejasida Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi 20 yilga kechiktirilishi, buning evaziga Rossiya agressiyasi to‘xtamasa, Ukrainaga qurol berilishi davom etishi aytilgandi. Demilitarizasiya qilingan hududda esa xavfsizlikni aniq kim nazorat qilishi ochiqlanmagandi.

Kiritildi: 00:41 10.11.2024. O'qildi: 2717 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!