AQSh prezidenti Jo Bayden va saylangan davlat rahbari Donald Tramp 13 noyabr, chorshanba kuni uchrashadi. Bu haqda Oq uy saytida xabar berildi .
Ta’kidlanishicha, uchrashuv Oval kabinetda mahalliy vaqt bilan soat 11:00da bo‘lib o‘tadi. Tramp va Bayden hokimiyatni topshirish masalasini muhokama qiladi.
Oktyabr oyi oxirida Bayden Trampning ayrim bayonotlarini AQSh prezidentligiga noloyiq deb atadi . Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikachi har safar «og‘zini ochganida» Trampning «shaxsiyatiga oid savollar» paydo bo‘ladi.