Rossiyaning Murmansk viloyati hududida elektr ta’minotidagi uzilishlar tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi.
Bu haqda 25 yanvar, yakshanba kuni viloyat gubernatori Andrey Chibis ma’lum qildi.
Uning Telegram ijtimoiy tarmog‘ida yozishicha, «Rosseti» mutaxassislari kecha-kunduz ish olib borayotganiga qaramasdan, hozirga qadar elektr uzatish liniyalarini to‘liq tiklashga muvaffaq bo‘lmagan. Vaziriyatga ko‘ra, vaziyat noqulay ob-havo sharoiti va yer relefining o‘ta murakkabligi, jumladan tik ko‘tarilishlar sabab yanada qiyinlashmoqda.