“Murad Buildings” kompaniyasi rahbari Murod Nazarov Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan telefon orqali muloqotdan so‘ng Yunusobod tuman 8-dahada joylashgan 17, 18, 19 va 20 sonli ko‘p qavatli uylar orasida 1,23 ga yer maydonida ko‘p qavatli turar-joy qurilish ishlarini to‘xtatdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligining axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, “Murad Buildings” kompaniyasi tomonidan 1,23 ga yer maydonida ko‘p qavatli turar-joy qurilishi boshlanishi bo‘yicha ushbu hududda yashovchi aholidan kelib tushayotgan murojaatlar Toshkent shahar hokimi tomonidan o‘rganib chiqilgan.
Qalampir.uz
“Murad Buildings” kompaniyasi rahbari Murod Nazarov ushbu xolat yuzasidan Toshkent shahar hokimi bilan telefon orqali muloqot qilgandan keyin qurilish ishlarini to‘xtatdi. Bundan tashqari, shu hududda yashovchi aholi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan binoni o‘z hisobidan qurib berishga va mahalla fuqarolar yig‘iniga topshirishga rozi ekanligini bildirdi.