Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Mulkini garovga qo‘ygan tadbirkor o‘zganing qarzini to‘lab berdi

Mulkini garovga qo‘ygan tadbirkor o‘zganing qarzini to‘lab berdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan “Yuksak Grandmax” MCHJ dan undiruvchi “Agrobank” ATB foydasiga jami 1,9 mlrd. so‘mdan ziyod miqdordagi kredit qarzdorligini undirish va undiruvni garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk bino-inshootlariga qaratgan holda amalga oshirish belgilangan.

Ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limiga kelib tushgach, belgilangan ixtiyoriy muddat ichida qarzdor tomonidan qarz qoplamaganligi sababli majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.

Xususan, qarzdorning o‘zi va boshqa shaxslarga tegishli garovdagi savdo do‘koni bino-inshootlari xatlab qo‘yilgan hamda auksion savdosida sotish uchun hujjatlar tayyorlangan.

Andijon shahrida joylashgan, bahosi 625 mln so‘mni tashkil etuvchi savdo do‘koni mulkdori X.R. ham mulkining sotilib ketishi mumkinligini anglab yetib, mazkur summadagi mablag‘ni naqd pul shaklida to‘lab berdi.

Shu tariqa, garov mulki hisobidan ta’minlangan qarzning bir qismi qoplandi. Hozirda qarzdorlikning qolgan qismini undirish bo‘yicha ijro harakatlari davom etmoqda.

Mazkur holat shundan dalolat beradiki, moliyaviy shartnomalarda faqat qarzdor emas, balki uni qo‘llab-quvvatlayotganlar ham jiddiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Garov — oddiy rasmiyatchilik emas, balki huquqiy va moliyaviy kafolatdir.

Kiritildi: 15:28 18.06.2025. O'qildi: 551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!