Bugun 27 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Mulk tushunchasi, turlari va uni himoya qilish usullari

Mulk tushunchasi, turlari va uni himoya qilish usullari

Mulk va unga oid munosabatlar to‘g‘risida me’yoriy xujjatlar va yuridik adabiyotlarda tariflar berilgan.

Mulk – moddiy va ma’naviy ne’matlarning muayyan kishilar egaligida bo‘lishi va ular tomonidan o‘zlashtirilishidir. Mulkka egalik huquqi hamda mulk ob’ektlariga egalik, ularni bo‘lish, taqsimlash bo‘yicha kishilar o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.

Mulk ob’ekti yer va yer osti boyliklari, korxona, bino, inshootlar, mashina va uskunalar, tayyor mahsulot, pul, qimmatli qog‘ozlar, san’at va adabiyot asarlari, ilmiy va texnikaviy ishlanmalar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Moddiy va ma’naviy ne’matlarni amalda o‘zlashtiruvchilar mulk sub’ektlari, ya’ni egalari hisoblanadi. Bularga ayrim kishilar, oilalar, jamoalar va davlat kiradi. Mulkdan amalda foydalanib, bundan naf ko‘rish mulkni iqtisodiy tasarruf qilish hisoblanadi.


Kishilarning moddiy ne’matlarni yaratishdagi, ularni taqsimlash va iste’mol etishdagi o‘rni, siyosiy hayotda tutgan mavqei, asosan, ishlab chiqarish vositalariga egalik qilishlariga bog‘liq. Jamiyat taraqqiyoti tarixida egalik qilish shakliga ko‘ra mulkning bir necha turi bor: ibtidoiy jamoa tuzumida ishlab chiqaruvchi kuchlar g‘oyat past rivojlanganidan kishilar birgalikda, guruh-guruh bo‘lib mehnat qilishgan. Shubhasiz, shunday sharoitda mehnat qurollari va mahsulotlari jamoaning umumiy mulki bo‘lgan. Mehnat qurollari va mehnat malakasi yuksalgach, kishilar yakka holda mehnat qila oladigan bo‘ldi. Bu o‘zgarish tufayli jamoa mulki parchalanib, xususiy mulkka aylangan.

Xususiy mulk – bu mulkni o‘zlashtirishning xususiy usuliga asoslangan shakli. U ikki xil bo‘ladi:

1. Individual – yakka xususiy mulk, ya’ni ayrim shaxslar yoki oilalarga tegishli mulk;

2. Korporativ xususiy mulk, bu ham ayrim kishilarga qarashli, lekin aksiyadorlar jamiyatidagi umumiy mulkning bir kismi sifatida mavjud bo‘lgan mulk. Korporativ mulk dividend keltiruvchi mulkdir.

Jamoa mulki – bu jamoaga ixtiyoriy ravishda birlashgan kishilarning umumiy mulki bo‘lib, bu mulkning egalari shu jamoada mexnat qilishi shart. Bu yerda mulk egasi ayni bir vaqtda shu mulkni amalda ishlatuvchi ham hisoblanadi.

Davlat mulki – davlat ixtiyorida bo‘lgan mulk, davlat hokimiyati organlari tomonidan tasarruf etiladigan monopollashgan mulkdir. Bunday mulk ob’ekti – yer, tabiat resurslari, asosiy vositalar, binolar, moliya, moddiy resurslar, axborot, moddiy va ma’naviy boyliklar bo‘lishi mumkin. Bu mulk ijtimoiy ne’matlarni yaratishga xizmat qiladi.

Davlat bor yerda uning mulki mavjud, lekin ushbu mulkning milliy iqtisodiyotdagi ulushi turli mamlakatlarda farqlanadi va mamlakat iqtisodiyotining modeliga bog‘liq. Fuqarolik jamiyati doirasida davlat mulki tobora ijtimoiy yo‘nalish olmoqda, ya’ni umummilliy manfaatlarni himoya qilishga yo‘naltirilgan.

Mulkga egalik va uni tasarruf etish muayyan iqtisodiy munosabatlarni paydo etadi va u mulkchilik munosabatlari deb ataladi. Mulk paydo bo‘lishi uchun mulkka aylanadigan narsalar naf keltira olishi zarur. Mulkchilik munosabatlari mulkni kishilarning o‘ziniki yoki o‘zganiki ekanligini bildiradi. Bunday munosabatlarning 3 jihati bor:

1.Mulkka egalik qilish, ya’ni mulkdorlik huquqining mulk egasida saqlanib turishi.

2.Mulkdan foydalanish va uni amalda ishlatish. Mulkdan foydalanilganda shaxsiy ehtiyojlarni qondirish yoki daromad topish yuz beradi. Mulkdor o‘z mulkini ishlatganda egalik qilish va mulkdan foydalanish bir qo‘lda to‘planadi, Mulk keltirgan nafni uning egasi tanho o‘zlashtiradi. Mulk o‘zgalar qo‘lida ishlatilganda bundan olingan daromadni mulkdor mulkni amalda ishlatuvchi bilan baham ko‘radi.

3.Mulkni tasarruf etish — bu mulk taqdirini mustaqil hal qilish, ya’ni mulkni sotish, merosga qoldirish, hadya etish, garovga qo‘yish kabi xatti-harakatlarni erkin amalga oshirilishidir. Mulkiy munosabatlarda mulkni ijaraga berish muhim o‘rin tutadi. Yer, suv havzalari, bino va inshoot kabi ko‘chmas mulklar oddiy ijaraga beriladi. Qimmatbaho mashina vauskunalar (traktor, kombayn, samolyot, teplovoz, paroxod, yukavtomashinalarivavagonlar) ijarasi lizing shaklidaamalgaoshiriladi. Mulkbo‘lgan pul mablag‘larnio‘zegasitomonidan, o‘zgalargafoydalanibturishuchunberish kredit shakligakiradi. Mulkmilliyboyliknihosiletadi.

Mulk huquqini himoya qilishda fuqarolik huquqining normalari muhim rol o‘ynaydi. Mulk huquqini himoya qilishning asosiy usullari:

Mulkni birovning qonunsizegallashidan talab qilib olish (vindikatsion da’volar).
Mulkdan foydalanishda mulk egasiga qilingan to‘sqinliklarni bartaraf etish (negator da’volar).
Mulk huquqini buzishga qaratilgan g‘ayriqonuniy bitimlar (shartnomalar)ni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’volar.
Asossiz olingan mulkni qaytarish yo‘li bilan qo‘riqlash.
Vindikasion da’vo – bu mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olishdir. Ya’ni, unga ko‘ra, mulkdor o‘z mol-mulkini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olishga haqli.

Negator da’vo – bunda mulkdorning huquqlarini egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan huquqbuzarliklardan himoya qilish, ya’ni mulkdorning o‘z huquqlarini har qanday buzilishini, garchi bu buzish egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmasa ham, bartaraf etishni talab qilishidir.

Mulkiy huquqni himoya qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan masalalarni o‘rganishda mulk egalarining mulkiy huquqlarini himoya qiluvchi majburiyat huquqiga oid vositalar ham muhim ahamiyatga ega. Mulk huquqini himoya qilishning bunday majburiy-huquqiy usullari 2 ko‘rinishda bo‘ladi:

shartnomaviy munosabatlar;
shartnomadan tashqari munosabatlar.
Shartnomaviy munosabatlarda mulkiy huquqning himoya qilinishi to‘g‘risida shuni aytish kerakki, tuziladigan xima-xil shartnomalar aksariyat hollarda qonunga, shartnoma shartlariga rioya qilinib to‘g‘ri va insofli ravishda bajariladi. Ammo, ba’zi hollarda shartnomaning ayrim intizomsiz ishtirokchilari shartnoma yuzasidan olgan o‘z majburiyatlarini butunlay bajarmasliklari yoki lozim darajada bajarmasliklari mumkin.

Bunday paytlarda tabiiy buzilgan mulkiy huquqlarni tiklash hamda uning o‘zi bilan mulkiy huquqlarni har tomonlama va to‘la himoya qilish masalasi qo‘yiladi.

Shartnomaviy munosabatlarda mulkiy huquqlarni buzish turlari:

– qonun xujjatlarining tartiblariga muvofiq kelmaydigan bitim, shuningdek, huquq-tartibot yoki ahloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim o‘z-o‘zidan haqiqiy emasdir.

– muomilaga layoqatsiz shaxslar (yosh bolalar, ruxiy kasallar) bilan bitim tuzilishi natijasida mazkur shaxslar mulkiy zarar ko‘rsalar, tuzilgan bitimlar haqiqiy emas deb topilishi bilan birga, buzilgan mulkiy huquqlar tiklanishi lozim.

– jiddiy yanglishish, aldanish, zo‘rlik qilinishi ta’sirida tuzilgan bitimlar (shartnomalar) sud tomonidan haqiqiy emas deb topishilishi mumkin.

– ayrim shartnomalar (oldi-sotdi, ijara, mahsulot yetkazib berish, kontraktasiya, pudrat, mulk tashish va boshqalar) bo‘yicha olingan majburiyatlar butunlay yoki lozim darajada bajarmasligi natijasida tashkilotlar yoki ayrim fuqarolar mulkiy zarar ko‘rishlari mumkin. Bunday hollarda ham qonun (shartnomalar)ning har qaysisini buzish oqibatlari to‘g‘risida, huquqiy normalar buzilgan huquqlarni himoya qilishni nazarda tutadi.

Sud-huquq tizimida qat’iyat bilan olib berilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatli himoya qilishdan iboratdir. Ayni shu maqsadda keyingi yillarda sud hokimiyatining mustaqilligini mustahkamlash va odil sudlov sifatini oshirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda fuqarolarning mulkiy hu­quqiy manfaatlarini himoya qilish, ularning bu­zilgan hu­quq­larini tiklash, yetkazilgan zarar o‘rnini javobgar hisobidan qoplash singari nizolar sud tartibida adolatli yechim topayotgani odamlarning sudlarga nisbatan ishonchi ortishida muhim omil bo‘lmoqda.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning samarali amal qilishiga va xalq farovonligining o‘sishiga imkoniyat yaratuvchi har qanday shakldagi mulkchilik bo‘lishiga ruxsat beriladi. Mulkchilikning hamma shakllari daxlsiz bo‘lishiga va ularning rivojlanishi uchun teng sharoit yaratilishiga qonun kafolat beradi.

Kiritildi: 18:09 21.07.2022. O'qildi: 45832 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!