Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Muhojirlarga ish topish yanada qiyinlashadi — Peterburgda taksi va kurerlik faoliyatiga cheklovlar kiritilyapti

Muhojirlarga ish topish yanada qiyinlashadi — Peterburgda taksi va kurerlik faoliyatiga cheklovlar kiritilyapti

Sankt Peterburg hukumati muhojirlarga kurer va taksi haydovchisi bo‘lib ishlashni taqiqlamoqchi. Qaror loyihasi 28 may kuni shahar hukumati saytida e’lon qilindi.

Qonun loyihasiga asosan 1 iyuldan boshlab elektr velosipedlar va samokatlarda kurerlik qilishga taqiq joriy etilishi mumkin. Patentlar bo‘yicha ishlaydigan migrantlarga quyidagi iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ishlashni taqiqlash taklif etilmoqda:

  • Engil avtomobillarni haydovchilik uchun ijaraga berish va taksi xizmati;
  • Kurerlik xizmati;
  • Turli transport vositalari orqali yetkazib berish xizmati;
  • Uyga oziq-ovqat yetkazib berish faoliyati;
  • Boshqa kurerlik ishlari.

Hujjatga ko‘ra, 1 iyuldan boshlab tovar yetkazib berish sohasida faoliyat yurituvchi kompaniya va tadbirkorlarga talab qo‘yiladi. Jumladan, yetkazib berish reestrini yuritishdan tortib, piyoda yetkazib beruvchi kurerlarni ularning joylashuvini aniqlovchi qurilmalar bilan ta’minlashgacha.

Shuningdek, turli transport vositalarida ishlaydigan kurerlarni ham shu turdagi qurilmalar bilan jihozlash taklif etilmoqda, ularning maksimal tezligi soatiga 15 kilometr bilan cheklanadi.

Majburiy talablar qatoriga “kurerning kiyimida, transport vositasida va sumkasida har bir kurer uchun yagona identifikasiya raqamini joylashtirish” ham kiradi.

Taqiq 1 iyuldan kuchga kirishi kerak va 2025 yil oxirigacha amal qiladi. Qaror kuchga kirgan kundan boshlab uch oy ichida yangi talabni bajarish majburiyati yuklanadi. Mehnat va bandlik qo‘mitasi 2026 yil uchun shunga o‘xshash qoidalarni belgilash bo‘yicha o‘z taklifini taqdim etishi kerak.

Kiritildi: 16:23 29.05.2025. O'qildi: 418 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!