Ayni damda karantin choralari yengillashtirilayotgan bir paytda Toshkent va viloyatlararo taksi qatnovi tiklanadimi, degan savol fuqarolarni o‘ylantirayotgan edi.
Demak, Respublika markaziy komissiyasining bugungi qaroriga ko‘ra,
viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan cheklovlar saqlab qolinadi. Bunda:
? doimiy ro‘yxatdan o‘tgan holda “qizil” toifaga kiruvchi hududlarda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organlari va muassasalari (nodavlat tashkilotlarida – ish beruvchi tomonidan taqdim etiladigan tegishli ruxsatnoma asosida) xodimlariga mazkur hududga kirish va chiqishga;
? qishloq xo‘jaligi mahsulotlari nobud bo‘lishining oldini olish maqsadida aholi talablaridan kelib chiqib, fermer va dehqonlar tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavot, poliz va ko‘kat mahsulotlarini joylarga yetkazish va sotish maqsadida viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarni amalga oshirishga ruxsat beriladi.