Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Muhammad Saloh nega "Liverpul"da qolishga qaror qilganini aytdi

Muhammad Saloh nega "Liverpul"da qolishga qaror qilganini aytdi

"Liverpul"ning yulduz hujumchisi Muhammad Saloh mersisaydliklar bilan hamkorlikni uzaytirishga qaror qilganiga izoh berdi.

"Menda hali ham g‘alabalarga ochlik bor. Shuning uchun jamoada qolishga qaror qildim. Bunday yuqori saviyada chiqish ajoyib. 33 yoshimda jamoaga yordam bera olishimni his qilyapman. Bu borada o‘zim bilan faxrlanaman," - deya misrlik hujumchining so‘zlarini keltiradi Mersisayd top-klubi matbuot xizmati.

Muhammad Angliya Premyer-ligasining o‘tgan mavsumida 38 ta o‘yinda ishtirok etgan. Misrlik futbolchi o‘z hisobiga 29 ta gol (9 tasi penaltidan) va 18 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 20:45 21.08.2025. O'qildi: 1029 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!