Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Muhammad Saloh faoliyatini Saudiya Arabistoni klubida davom ettiradi

Muhammad Saloh faoliyatini Saudiya Arabistoni klubida davom ettiradi

“Liverpul”ning misrlik futbolchisi Muhammad Saloh ingliz klubini tark etishga qaror qilgan. Bu haqda Saudiya Arabistoni Sport Ommaviy Axborot Agentligi a’zosi Abdulhadi xabar qilmoqda.

Manbaga ko‘ra, Saloh Saudiya Arabistoni chempionati klubiga erkin agent sifatida o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Abdulhadi, ispan manbalariga tayanib, quyidagicha yozgan: “Muhammad Saloh kelgusi mavsumda arab davlatida o‘ynash uchun Saudiya Arabistoni vakillari bilan kelishuv tuzdi, ammo hali u qaysi klubda o‘ynashini bilmaydi”.

Salohning o‘z klubini bilmasligi tabiiy, chunki Saudiya Arabistoni davlat investisiya fondi (PIF) liga doirasida to‘rt klubga egalik qiladi: “Al-Hilol”, “Al-Ittihod”, “An-Nassr” va “Al-Ahli”. Tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishilgan, ammo tashkilot uning qaysi klubda o‘ynashi haqida oxirgi qarorni qabul qilmagan.

Joriy mavsumda 32 yoshli Saloh APL doirasidagi 19 uchrashuvda 18 gol va 13 assist qayd etgan. Futbolchining “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, 32 yoshli futbolchining bozor qiymati 55 million yevroni tashkil qiladi.

“Liverpul” klubi 19 turdan so‘ng 46 ochko to‘plab, turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Kiritildi: 13:48 14.01.2025. O'qildi: 952 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!