Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Muhammad Saloh faoliyatidagi eng yaxshi murabbiy kim ekanligini aytdi

Muhammad Saloh faoliyatidagi eng yaxshi murabbiy kim ekanligini aytdi

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh faoliyatidagi eng yaxshi murabbiyni aytdi. Misrlik birinchi o‘ringa Mersisayd klubida birga ishlagan Yurgen Klopp yoki Arne Slotni qo‘ymadi.

"Spalletti - hayotimdagi eng yaxshi murabbiy. Men uning qo‘l ostida katta o‘sishga erishdim - nafaqat taktik jihatdan, balki aqliy jihatdan ham. U menga o‘z iqtidorimni ko‘rsatish va futbolchi sifatida yaxshiroq bo‘lish imkonini berdi," - deya Salohning so‘zlarini keltiradi Janluka di Marsio.

Luchano Spalletti qo‘l ostida Muhammad Saloh "Roma" safida 62 ta o‘yinda maydonga tushgan. Ushbu o‘yinlarda misrlik futbolchi 28 ta gol urdi va sheriklariga 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:07 20.07.2025. O'qildi: 657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!