Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Muhammad Jalud - Xalqaro og‘ir atletika federasiyasiga prezident bo‘ldi

Muhammad Jalud - Xalqaro og‘ir atletika federasiyasiga prezident bo‘ldi

Albaniyaning Tirana shahrida Xalqaro og‘ir atletika federasiyasining (IWF) kongressi bo‘lib o‘tdi.

Unda tashkilot rahbariyati, tarkibiy qismlari shakllantirib olindi.

Saylov yakunlariga ko‘ra, shu paytgacha IWF Bosh kotibi lavozimida faoliyat olib borgan iroqlik Muhammad Jalud tashkilotning yangi prezidenti etib saylandi. Qayd etish joiz, ushbu mutaxassis IWF administrasiyasida 26 yillik, Bosh kotib lavozimida esa 5 yillik tajribaga ega. Yana bir ahamiyatli tomoni, tarixda ilk bor osiyolik vakil Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi rahbarligiga saylandi.

IWF rahbariyatining umumiy tarkibiy qismi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Prezident: Muhammad Hasan Jalud Al Shammari (Iroq);

Birinchi vise-prezident: Ursula Papandrea (AQSh);

Bosh kotib: Xose Karlos Keniones (Peru);

Vise-prezidentlar: Pirros Dimas (Gresiya), Pyotr Krol (Chexiya), Attila Adamfi (Vengriya), Doris Marrero (Venesuela).

Ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov ham ishtirok etdi. Eslatib o‘tamiz, Shahrullo Sharipovich, shuningdek, Osiyo og‘ir atletika federasiyasi vise-prezidenti ham sanaladi.

Shuningdek, hamyurtimiz Zuhra Abdullayeva IWF rivojlanish va ta’lim komissiyasi tarkibidan joy oldi. Ma’lumot uchun, ushbu tarkib Parij-2024 Olimpiadasi yakunigacha bo‘lgan muddatga saylandi.

Kiritildi: 06:50 30.06.2022. O'qildi: 1664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!