Armanistonlik chegarachining o‘limi bo‘yicha "jangovar navbatchilik paytida o‘z joniga qasd qilish darajasiga yetkazish" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Bu haqda Armaniston Tergov qo‘mitasi matbuot kotibi Kim Avdalyan ma’lum qildi.
Voqea 25 aprel kuni sodir bo‘lgan. Matbuotda avvaliga chegara qo‘shinlarida xizmat qilayotgan muddatli harbiy Syunikda minaga tushib portlagani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Keyin Milliy xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchi o‘ziga biriktirilgan avtomatdan o‘limga olib keladigan darajada yaralanganini ma’lum qildi.