Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

“Muborak issiqlik elektr markazi”da paxta terimi uchun pul yig‘ish bo‘yicha topshiriq berildi(mi)?

“Muborak issiqlik elektr markazi”da paxta terimi uchun pul yig‘ish bo‘yicha topshiriq berildi(mi)?

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Muborak issiqlik elektr markazi”da paxta terimi uchun pul yig‘ish bo‘yicha topshiriq berilgani haqida xabar tarqaldi.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

“Mazkur murojaat zudlik bilan o‘rganildi va markazda bunday holat mavjud emasligi, ishchi-xodimlardan hech qanday pul yig‘ish hamda majburiy mehnatga jalb qilish bilan bog‘liq harakat yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.

Shuni alohida ta’kidlaymizki, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, ishchi-xodimlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, inson sha’ni va obro‘sini e’zozlash hamda soha mutaxassislarining majburiy mehnatga jalb etilishining oldini olishni o‘zining bosh maqsadi deb hisoblaydi.

Shu maqsadda, barcha tizim korxonalari mas’ul rahbarlariga ushbu qadriyatlarga so‘zsiz amal qilish hamda ishchi-xodimlarning qonuniy manfaatlariga putur yetkazmaslikni so‘raydi. Agar noqonuniy holatlar kuzatilgan taqdirda, mas’ullarga nisbatan qat’iy javobgarlik belgilangan", deyiladi munosabatda.

Kiritildi: 22:22 14.09.2023. O'qildi: 1651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!