O‘zbekiston IIV rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro Alisher Axmadovich Tursunov (bloger Mubashshir Ahmad) 2025 yil 8 may kuni Turkiya hududida mahalliy huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingan va 10 may kuni O‘zbekistonga deportasiya qilingan.
IIV ma’lum qilishicha, uning ta’sisligidagi platformalarda tarqatilgan ma’lumotlar qonunchilikka zid deb topilgan. Ekspertiza xulosalariga ko‘ra, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 244¹ (jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi materiallar) va 244³ (qonunga xilof diniy materiallar) moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov ishlari olib borilmoqda.