“Azon Global” axborot-tahliliy portali asoschisi, Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunov ayni paytda Davlat xavfsizlik xizmatining markaziy tergov hibsxonasida saqlanmoqda. Portal xabariga ko‘ra, uning salomatligi yaxshi.
20 may kuni u ukasi bilan ko‘rishish imkoniga ega bo‘lgan. Ukasi so‘zlariga ko‘ra, Tursunov tergovchi va mutasaddilar muomalasidan norozi emas.
“Domla o‘zlarini qo‘llab-quvvatlayotgan va duo qilayotgan barchaga minnatdorchilik bildirdilar”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Alisher Tursunovga nisbatan Jinoyat kodeksining 244¹-moddasi (jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi materiallar) va 244³-moddasi (qonunga xilof diniy materiallar) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari davom etmoqda, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.