«O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining mamlakatimiz mediamakonidagi o‘rnini yanada oshirish hamda faoliyatiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish to‘g‘risida»gi farmoniga kura, teleradiokompaniya xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida 2024 yil 1 oktyabrdan boshlab maosh 1,5 baravar, 2025 yil 1 yanvardan boshlab 2 baravar miqdorda oshiriladi.
2025 yil 1 yanvardan xodimlarning ko‘p yillik xizmatlari uchun ustamalar va davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida xodimlarga ular tomonidan tayyorlagan tele va radiomahsulotlarning saviyasi va reytingini inobatga olgan holda tabaqalashtirilgan (gonorar) haq to‘lanishi belgilanmoqda.
Bundan tashqari, teleradiokanallar reklama-tijorat faoliyati va shartnoma asosida xizmat ko‘rsatishdan tushgan mablag‘larining 50 foizgacha qismini xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun yo‘naltirishga ruxsat etiladi.