Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Mourinyo "Real"dagi ilk mashg‘ulotga 11 nafar futbolchini chaqirdi

Mourinyo "Real"dagi ilk mashg‘ulotga 11 nafar futbolchini chaqirdi

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Ispaniya grandiga qaytganidan keyingi ilk mashg‘ulotga 11 nafar futbolchini jalb etdi.

Ma’lum qilinishicha, Mourinyo ixtiyorida hozircha asosan himoya chizig‘i vakillari mavjud bo‘lib, yarim himoya va darvoza chizig‘ida futbolchilar taqchilligi kuzatilmoqda.

"Darvozabonlardan Mourinyo ixtiyorida hozircha faqat Andrey Lunin bor. Himoyachilar — Eder Militao, Trent Aleksander-Arnold, Raul Asensio, Alvaro Karreras, Ferlan Mendi va Din Xyoysen. Nominal yarim himoyachi ham hozircha bir nafar — Eduardo Kamavinga. Mourinyo qo‘l ostidagi ilk mashg‘ulot sessiyasida uch nafar hujumchi ishtirok etadi: Rodrigo, Gonsalo Garsiya va Franko Mastantuono. Mashg‘ulot dushanba, 13 iyul kuni ertalab bo‘lib o‘tadi", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Real"ning mavsum oldidan o‘tkazadigan ilk o‘rtoqlik uchrashuvi raqibi ma’lum bo‘lgan edi: 1 avgust kuni Ispaniya klubi Avstriyaning Klagenfurt shahrida Italiyaning "Fiorentina" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 14:12 13.07.2026. O'qildi: 915 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!