Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

Moskvadan keskin bayonot: YEI va NATO o‘t ochishni to‘xtatish ortida Kiyevga qurol uzatmoqda

Moskvadan keskin bayonot: YEI va NATO o‘t ochishni to‘xtatish ortida Kiyevga qurol uzatmoqda

Evropa o‘t ochishni to‘xtatish niqobi ostida Ukrainani qurollantirmoqchi, dedi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov.

Bu haqda u Armaniston TIV rahbari Ararat Mirzoyan bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbda o‘t ochishni to‘xtatish deganda "Ukraina mudofaa pozisiyalarini mustahkamlashi" uchun Kiyevni qayta qurollantirish imkoniyati nazarda tutilmoqda.

"Bundan tashqari, o‘t ochishni so‘zsiz to‘xtatishga chaqiruvlar bir necha yil davomida Yevropa Ittifoqi va NATO a’zolari tomonidan ilgari surilgan mutlaqo boshqacha pozisiyadan so‘ng yangramoqda: Ukraina Rossiyadan kuchliroq pozisiyalarga ega bo‘lmaguncha muzokaralar olib borilmaydi va umuman Rossiya strategik mag‘lubiyatga uchramaguncha muzokaralar olib borilmaydi," - deya Lavrovning so‘zlarini keltiradi TASS.

Kiritildi: 16:35 21.05.2025. O'qildi: 843 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!