Moskvada anonim bomba tahdididan keyin "VTB Arena"dan 1500 ga yaqin odam evakuasiya qilindi. Bu haqda "TASS" favqulodda xizmatlarga tayanib xabar bermoqda.
"VTB Arena" veb-saytida aytilishicha, "NYu" sahna nomi ostida ijro etuvchi musiqachi Yuriy Nikolayenko u yerda Moskva vaqti bilan 20:00 da konsert berishi kerak edi. O‘shanda "Arena Plaza" savdo markazi ham ochiq edi.
Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar va tez yordam brigadalari bilan birga itlari bor kinologiya xodimlari ishlamoqda, deb yozadi "TASS".
Avvalroq Biyskdagi avtovokzal provokasion bomba tahdididan keyin evakuasiya qilingan edi. Mintaqaviy aksilterror komissiyasining aniqlik kiritishicha, mintaqada provokasiyalar to‘lqini so‘nggi ikki hafta ichida avj olmoqda.