Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi portlash ortidan xavfsizlik choralarini kuchaytirishni topshirdi. U FSB kollegiyasida Mudofaa vazirligi xodimlari, harbiy-sanoat kompleksi korxonalari vakillari, shuningdek jurnalistlar, volontyorlar va «jamoatchilik fikri yetakchilari»ni himoya qilishni kuchaytirishni buyurdi.
Putin Savyolovskiy vokzali yaqinida polisiya avtomashinasi portlatilgani haqida to‘xtalib, gumonlanuvchi shaxs internet orqali yollangani va qurilma «masofadan turib portlatilgani»ni aytdi.
Tergov qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi — 22 yoshli Udmurtiyalik yigit. Hozirda uning harakatlari sabablari va aloqalari o‘rganilmoqda.