Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Jahon zaxira valyutasi nima uchun yanada qadrsizlanish xavfiga duch kelishi mumkin?

Jahon zaxira valyutasi nima uchun yanada qadrsizlanish xavfiga duch kelishi mumkin?

The Economist ta’kidlashicha, dollarning mustahkamligi AQShga bo‘lgan xalqaro ishonch bilan tenglashtirib bo‘lmaydi.

O‘tgan yildan buyon Tramp joriy etgan tariflar va sun’iy intellekt atrofidagi xavotirlar Amerika aksiyalariga bo‘lgan ishonchni asta-sekin susaytirmoqda. Oxirgi besh yilda global aksiya jamg‘armalariga kirgan eng katta kapital oqimi Yevropaga to‘g‘ri keldi — bu 2009 yildan beri kuzatilmagan daraja. AQSh bozorini yuqoriga yetaklab kelgan texnologik gigantlar — “Velikolepnaya semyorka” — so‘nggi to‘rt oyda asosan bir maromda, keskin o‘sishsiz savdolandi. Dasturiy ta’minot sektori o‘sishni davom ettirdi, biroq energetika hamda rivojlanayotgan bozorlar aksiyalari ham jonlandi.

Sarmoyadorlar Amerika iqtisodiy ustunligi uzoq davom etadi, degan qarashga avvalgidek ishonch bilan emas, ancha ehtiyotkorona munosabat bildirmoqda. Ilgarigidek bozor pasayganda faol xarid qilishga shoshilmayapti. O‘n yillar davomida “Amerika aktivlariga muqobil yo‘q” degan tamoyil ustuvor edi. Ammo aprel oyida Tramp yangi tariflar e’lon qilgach, uzoq muddatli kaznacheylik obligasiyalari daromadliligi oshdi, aksiyalar esa bir vaqtning o‘zida tushdi. Xuddi shunday holat oktyabr va yanvar oylaridagi savdo keskinlashuvi paytida ham takrorlandi.

Sarmoyadorlar tobora AQSh uchun “qayta moliyalashtirish xavfi”ga — ya’ni o‘sib borayotgan davlat qarzini xizmat qilish qobiliyatiga — e’tibor qaratmoqda. Hozir “Katta yettilik” mamlakatlari obligasiyalarining o‘rtacha daromadliligi AQShnikidan yuqori, bu esa ularni nisbatan jozibador qiladi. 2,8% daromadlilik bilan AQShning 10 yillik obligasiyalari o‘xshash qarz instrumentlari orasida eng past daromadni taklif qilmoqda. AQShdagi o‘rtacha daromad darajasi avval G7 o‘rtachasidan 2,2 foiz punkt yuqori bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu farq bor-yo‘g‘i 1,2 punktgacha qisqargan.

Kiritildi: Bugun 10:09. O'qildi: 455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!