Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy agar AQSh yetakchisi Donald Tramp ikki davlatni muzokara davrasida yig‘ishga muvaffaq bo‘lsa, uch yillik urushni tugatish uchun Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yer savdosini amalga oshirmoqchi. Bu haqda “Politico” nashri yozgan.
– Bir hududni boshqasiga almashtiramiz, – dedi Zelenskiy va Rossiyaga Kursk viloyatining bir qismi berilishini aytdi. Buning evaziga qaysi hududlar so‘ralishi haqidagi savolga shunday javob berdi:
– Bilmayman, ko‘ramiz. Barcha hududlarimiz muhim, hech birida ustuvorlik yo‘q.
So‘nggi davrda Ukraina energetika infratuzilmasiga qarshi bir necha yirik dron hujumini uyushtirgan RF kuchlari Donesk viloyati bo‘ylab olg‘a siljishda davom etyapti.
Moskva o‘tgan yilharbiy amaliyot natijasida 3600 kvadrat/kilometr maydonni egallagan. Hozir 20 foizga yaqin yangi hududni nazorat qilmoqda. Kiyev qo‘shinlari esa, aksincha, Rossiyaning uzoq g‘arbiy Kursk viloyatida 500 kvadrat/kilometr joyiga egalik qilmoqda.